Duterte yana bir mojaroli chiqish qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘zining IShID bilan aloqador qarindoshlari borligi haqida gapirdi. Bu haqda The Manila Shimbun nashri xabar tarqatgan.
Davlat rahbari bir necha amakivachchasi ayni vaqtda IShID a'zosi ekani va jangarilar safida urush olib borayotgani haqida aytgan. Shu bilan birga u bu holatga toqat qilmoqchi emasligini va tez orada ularni tutib kelishga buyurishini qo‘shimcha qilgan.
Filippinliklar yetakchisi, «o‘z qarindoshlariga emas, respublikaga xizmat qilishi» haqida gapirgan va ekstremistlar bilan aloqador kuchlarni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.
O‘tgan yilning 29 dekabrida filippinliklar yetakchisi xiyonatkor amaldorlarni vertolyotdan tashlab yuborishi bilan tahdid qilgandi. «Men avval ham shunday qilganman, buni yana qilishga tayyorman?» — degandi u. Lekin ko‘p o‘tmasdan u bu gapidan tondi.
12 dekabr kuni esa Davao shahri meri lavozimida ishlagan vaqtlarida jinoyatni sodir etishda gumonlanganlarni shaxsan o‘zi o‘ldirganini ma'lum qildi.
«Davaoda men buni o‘z qo‘llarim bilan amalga oshirdim. Shunchaki yigitlarga (politsiyaga) buni men qila olsam, ular ham qila olishini ko‘rsatib qo‘yish uchun. Men Davao bo‘ylab mototsiklda yurardim va ko‘chalarni qo‘riqlardim. Aslida esa men kimnidir o‘ldirish uchun qandaydir mojaro qidirardim», — degandi Duterte.
May oyida davlat rahbari lavozimiga saylangan Duterte giyohvandlarga, shuningdek, taqiqlangan vositalarni tarqatadiganlarga qarshi keng ko‘lamli kurash olib borishni yoqlab chiqadi. Politsiyaning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi oylarda mamlakatda narkotiklar savdosiga aloqador uch mingga yaqin kishi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024