16:01 / 03.01.2017
7281

Xitoyda arab tulporlarining qoya tasvirlari topildi

Foto: Jan Simek et al.

XXR shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududida taxminan ikki ming yillik qadimiy qoya tasvirlari topildi. Ularda arab tulporlari aks ettirilgani taxmin qilinmoqda. Bu haqida 3 yanvar, seshanba kuni Sinxua agentligi xabar berdi. 

Tasvirlar Inshan tog‘larida xitoylik va nemis arxeologlari tomonidan topildi. Ularda zotdor arab tulporlari charm egarlari bilan birga aks ettirilgan. 

Taxminlarga ko‘ra, tasvirlar eramizdan 210 yil avval qoyalarga tushirilgan. 

Top