Özbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etiş boş boşqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda şikoyatlar bilan, şuningdek körsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ma'lumotlar oliş va öz takliflari yuzasidan murojaatlar yuborişlari mumkin.

Yuborilayotgan murojaat rasmiy böliş kerak, şuning uçun jismoniy şaxslar familiyasi (ism, otasining ismi), yaşaş joyi haqida ma'lumotlarni hamda murojaat nima haqida ekanini körsatişlari kerak. Yuridik şaxsning murojaatida esa yuridik şaxsning töla nomlanişi, joylaşgan joyi haqida ma'lumot (poçta manzili) va murojaat nima haqida ekani aks etişi lozim.

Öz içida tuhmat, haqorat yoki yolğon ma'lumot bölgan murojaatlarni yuboriş taqiqlanadi. Şuningdek, bitta foydalanuvçining avval köp bora qaytarilgan javob yuzasidan qayta murojaati körib çiqilmaydi. Bunday holat murojaatda yangi dalillar bölmasa yuz beradi.

Bu talablar Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunçiligidan kelib çiqqan holda örnatilgan.