Namangan viloyatida ötgan yilgi holat böyiça meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça vazifalarni bajarmaganlik uçun prokuratura taqdimnomasiga asosan Kosonsoy, Uçqörğon va Çortoq tumanlari hokimlari, Kosonsoy, Pop, Töraqörğon, Uçqörğon, Çortoq, Çust va Yangiqörğon tumanlari hokimlarining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosarlari hamda 16 nafar fermer xöjaligi rahbari ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Viloyatda ötgan yilning may-oktabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça belgilangan rejalar bajarilmagani ma'lum ma'lum böldi. Bunga ekinlarni parvarişlaş va ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekişni taşkil qilişdagi kamçiliklar sabab bölgan. 

Hammasi bölib 38 nafar mas'ul şaxs qonun buzilişi holatlariga yöl qöymaslik xususida rasman ogohlantirildi.