08:42 / 03.01.2017
11946

Shoira Anna Axmatova Nobel mukofoti olishga nomzod bo‘lgani ma'lum qilindi 

Rossiyalik shoira Anna Axmatova nomzodi 1966 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi Shved akademiyasi tomonidan chop etilgan arxiv hujjatlariga iqtibos keltirgan holda.

Shoiraning ismi Gyoteborg universiteti slavyan tillari professori Gunnar Yakobsson va Garvard universiteti professori Roman Yakobson tomonidan taklif qilingan bo‘lgan.

Ta'kidlash joizki, nomzodlarning ismlari 50 yil sir saqlanadi.

3 yanvarda oshkor qilingan ro‘yxatda hammasi bo‘lib 72 ism, jumladan Vladimir Nabokov, Konstantin Paustovskiy, Semyuel Bekket, Lui Aragon, Alberto Moravia, Xorxe Luis Borxes, Pablo Neruda ismlari bor.

1966 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Berlinda tug‘ilgan shoira Nelli Zaks va isroillik yozuvchi Shmuel Agnon orasida taqsimlangan.

Avvalroq Anna Axmatovaning kundaligi 7 mln rublga sotilgani ma'lum qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top