Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi tungi klubdagi teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan erkakning selfisini namoyish qildi
Turkiya politsiyasi Istanbul shahridagi tungi klubda ro‘y bergan teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs o‘zini Taksim maydonida suratga olgani tasvirlangan videoni namoyish qildi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari selfi qachon qilinganidan bexabarlar. Avvalroq, turk politsiyasi tungi klubda otishma uyushtirgan erkakning shaxsini aniqlashga yaqin turgani xabar qilingandi.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Qurtulmushning so‘zlariga ko‘ra, terrorchining barmoq izlari va tashqi qiyofasi haqida ma'lumotlar bor. Shundan so‘ng uning shaxsini aniqlash tezkorlik bilan amalga oshiriladi, deb ta'kidlab o‘tdi Qurtulmush.
Ma'lumot uchun, Istanbulning O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubda yangi yil kechasi terakt sodir etildi. Videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarda qurollangan erkakda Santa-Klaus qalpog‘i bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng terrorchi yashiringan, uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot davom etmoqda. Otishma tufayli 39 kishi halok bo‘ldi, ulardan 16 nafari – xorijliklar.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025