O‘zbekiston | 18:38 / 03.01.2017
64519
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani oshirdi

2017 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi oshirildi. Yangi stavka «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori asosida o‘rnatilgan.

Qarorga ko‘ra,  fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7,5 foizdan 8 foizga oshirilgan.

Bunda yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolingan.

Korxonalar, muassasa va tashkilotlarning majburiy sug‘urta badallari, fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari va korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan ajratiladigan majburiy to‘lovlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi asosiy daromadi hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, oxirgi marta 2016 yilning 1 yanvarida fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7 foizdan 7,5 foizga oshgandi.

Mavzuga oid