Venesuelada Mi-17 harbiy vertolyotining halokatga uchrashi natijasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ACN agentligi xabar bermoqda. 

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, 30 dekabr kuni yo‘qolib qolgan venesuelalik harbiylarga tegishli bo‘lgan Mi-17 dushanba kuni topilgan. Vertolyot halokati natijasida barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘ldi – 11 nafar harbiy xizmatchi va 5 nafar yo‘lovchi. 

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida 4 yoshli bola ham bor. 

Hozirda hukumat vertolyotning halokatga uchragani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlagani yo‘q.