23:43 / 03.01.2017
6239

"Zenit" Vitselning Xitoyga o‘tganini e'lon qildi

Foto: Twitter/MatchTV

"Zenit" va "Tyantszin Tsyuantszyan" klublari belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitsel transferi borasida kelishuvga erishdi. Avvalroq OAVda futbolchi Xitoyda 80 mln dollar ishlab topishi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. 

Vitsel peterburgliklar tarkibiga 2012 yil kelib qo‘shilgan va 5 yil ichida 180ta uchrashuvda maydonga tushib, 22ta gol va 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi. 

""Zenit" Aksel Vitseldan Peterburgda o‘tkazgan vaqti uchun minnatdor va unga yangi jamoada muvaffaqiyat tilaydi", – deb yozadi klub rasmiy sayti. 

Top