00:32 / 04.01.2017
23292

Tramp Obamaning yana bir harakatiga qarshi chiqdi

Foto: AFP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Guantanamo bazasidagi turmada saqlanuvchi "o‘ta xavfli" mahbuslarni ozod qilish amaliyotini to‘xtatish kerak, deb hisoblamoqda.

"Guantanamodan boshqa ozod etishlar bo‘lmasligi kerak. Ular o‘ta xavfli odamlar va ularga jang maydoniga qaytishga imkon bermaslik kerak", deb yozgan Tramp tvitterda.

Trampning bayonotiga AQSh mudofaa vazirligi vakili izoh berib, matbuot-anjumandagi jurnalistlarga prezident Barak Obama o‘z vakolatlari muddati tugaguncha Guantanamo turmasini yopish bo‘yicha o‘z amaliyotini davom ettirishini aytdi. 

Guantanamo yopilishi Obamaning 2008 yildagi saylovoldi va'dalaridan biri edi. U kongressning e'tirozlari tufayli turmani yopa olmagan, biroq uning hokimiyati davrida turmadagi mahbuslar soni 242 nafardan 59 nafargacha kamaygan. 

 

Mavzuga oid
Top