BMT: Halab aholisi soni ziddiyat vaqtida 2,5 barobar kamaydi

Foto: TASS
Suriyaning Halab shahri aholisi o‘zaro qurolli ziddiyat vaqtida 2,5 martadan ko‘proqqa qisqarib, 4 mln kishidan 1,5 mln kishiga tushgan. Biroq, shahar jangarilardan xalos etilgach, unga minglab oilalar qaytmoqda. BMTning Suriyadagi gumanitar koordinatori v.b. Sadjad Malikka asoslangan holda TASS agentligi shu haqda ma'lum qilmoqda.
"Halabda inqirozgacha 4 mln kishi istiqomat qilgan. Hozirgi kunda, bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, shahar aholisi 1,5 mln kishini tashkil etadi. Bu raqamga shahar ichkarisida ko‘chgan 400 ming kishi ham kiradi", - degan Malik shahardagi BMT idorasidan amalga oshirgan videomuloqotida.
Shu bilan birga, Sadjad Malik Halabning sharqiy qismida yashayotgan kishilarning ehtimoliy soni xususida ham biror fikr bildirishga qiynalgan. BMT o‘tgan yilning sentabr oyida Suriya kuchlari qurshovida 250 mingdan ortiq inson yashayotganini ta'kidlagan, biroq, keyinchalik bu raqam biroz bo‘rttirilganini tan olgan edi. Qurollangan guruhlar va hukumat o‘rtasidagi kelishuv natijasida dekabr oyi o‘rtalarida Sharqiy Halabdan 36 mingga yaqin kishi ko‘chirildi.
BMT gumanitar koordinatorining so‘zlariga ko‘ra, Halabning minglab aholisi ozod qilingan mavzelarga qaytmoqda. "Odamlar turli mavzelarga qaytishni boshladi. Ularning soni kunsayin ortmoqda", - degan Malik. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT va uning hamkorlari tinch aholi vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazayapti. Shunga ko‘ra, shahar aholisi haqidagi aniq ma'lumot yaqin kunlarda paydo bo‘ladi.
Uning aytishicha, shahar infratuzilmasi bu qadar vayron bo‘lganini xayoliga ham keltirmagan. "Har bir mavzedagi infratuzilmalarga juda jiddiy talofat yetgan yoki butunlay vayron bo‘lgan. Maktablar, shifoxonalar, klinikalar, yo‘llar, do‘konlar, turarjoy binolari, tarixiy yodgorliklar buzilgan".
Shunga qaramay, Malikning ta'kidlashicha, shaharda keng qamrovli gumanitar amaliyot olib borilmoqda. Jumladan, 10 mingdan ortiq bola poliomiyelitga qarshi emlangan, 20 ming inson kuniga ikki mahal issiq ovqat bilan ta'minlanmoqda, 40 ming kishiga yangi non tarqatiladi.
Bundan tashqari, bir necha oylar ichida ilk marotaba ichimlik suvini yetkazish tiklangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

07:55 / 06.05.2025
BMT dunyo yetakchilarini G‘azo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi

13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025