Jahon | 15:55 / 05.01.2017
5739
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlamentga Silvio Berluskonining do‘sti rais etib saylanishi mumkin

Yevroparlament (YeP) yangi rahbarligiga Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining do‘sti Antonio Tayani saylanishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti YeP’dagi manbaga asosan xabar berdi.

Martin Shults noyabrda Yevroparlament raisligidan ketib, Germaniyada joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda GSDPning Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi saylov ro‘yxatini boshqarish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Assambleyaning yangi rahbari saylovlari 17 yanvarga rejalashtirilgan, u yashirin ovoz berish orqali aniqlanadi.

Martin Shults

Antonio Tayani ayni damda YeP raisi o‘rinbosari lavozimini egallab turibdi, bunga qadar Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

"Tayanida eng ko‘p imkoniyatlar bor. Boshqa nomzodlar orasida yevropalik sotsialistlar va demokratlar fransiyasi vakili Janni Pitella hamda Belgiya sobiq bosh vaziri Ni Verxofstadtda ancha yuqori imkoniyatlar mavjud", - deya aytib o‘tgan RIA Novosti suhbatdoshi.

Uning eslatishicha, Tayani a'zosi hisoblanuvchi Yevropa xalq partiyasi Yevroparlamentda 751 mandatdan 216 tasiga ega.

Antonio Tayani

Mavzuga oid