Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Izmirda portlash sodir bo‘ldi
Turkiyaning g‘arbida joylashgan Izmir shahrida portlash ro‘y berdi. Bu haqda CNN Turk telekanalida xabar qilindi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlash sud binosi oldida ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, voqea joyida avtomobil yonayotganini ko‘rish mumkin.
Hodisa joyiga tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan.
Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Ma'lumot uchun, oxirgi kunlarda Izmir shahrida Istanbul terakti tashkilotchilarini qidirish bo‘yicha maxsus amaliyot davomida 40 kishi qo‘lga olindi. Ular IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 11.01.2026
Izmirdagi qamoqxonalarda saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026