O‘zbekiston | 17:15 / 05.01.2017
106194
2 daqiqa o‘qiladi

Karimov va Mirziyoyev 2016 yilning eng muhim shaxslari ro‘yxatidan joy oldi

Arxiv fotosi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov va davlatimizning saylangan rahbari Shavkat Mirziyoyev 2016 yildagi xalqaro hayotning eng muhim 40 shaxsi ro‘yxatidan joy oldilar. U Ispaniyadagi eng yetakchi tahlil markazlaridan biri – Barselona xalqaro munosabatlar Markazi tomonidan chop etilgan. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar berdi.

Har yili tuziladigan ro‘yxatga dunyodagi eng yirik siyosat va jamoat arboblari hamda nodavlat tashkilotlar kiritiladi.

2016 yildagi reytingga O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlari kiritildi. Shu bilan bir qatorda, ro‘yxat tuzuvchilarining ta'kidlashicha, “buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov yangi mustaqil davlatning asoschisi bo‘lgan hamda O‘zbekistonning Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng oyoqqa turishida katta o‘rin tutgan”.

Shuningdek, CIDOB mutaxassislarining ta'kidlashicha, O‘zbekistonning tajribali bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev so‘nggi prezidentlik saylovlarida 88 foizdan ortiqroq ovozlarni qo‘lga kiritib, ishonchli g‘alaba qozondi. Ispaniyalik tahlilchilarning fikricha, Mirziyoyev prezidentligida O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi intilishlarni kutish mumkin.

Ushbu reyting O‘zbekistonning xalqaro arenadagi hurmati o‘sib borayotganidan, shuningdek mamlakatimiz tomonidan zamonaviy demokratik davlat qurish yo‘lidagi yutuqlarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishidan darak beradi.

Mavzuga oid