22:06 / 05.01.2017
7506

Qozog‘istonda ikkita vazirlik qayta shakllantirildi

Foto Turar Kazangapov

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ikkita vazirlikni qayta shakllantirishga buyruq berdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.

Davlat boshqaruvi tizimi samardorligini oshirish maqsadida Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vazirligi bir qator vazifalari va vakolatlarini Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligiga; Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi bir qator vazifalari va vakolatlarini Qozog‘iston ichki ishlar vazirligiga topshirish bilan qayta shakllantiriladigan bo‘ldi.

Nazarboyev shuningdek hukumatga Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining Migratsion xizmati qo‘mitasining shakllantirilishini ta'minlashni va 2017 yil 1 aprelgacha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasini ishlab chiqishni                                                                        buyurdi.

 

Top