Turk lirasi dushanba kuni AQSh dollariga nisbatan yangi rekord minimumiga yetdi - 3,6401. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
Undan avvalgi rekord ikki kun avval qayd etilgandi - 3,60.
Kun boshida liraning dollarga nisbatan kursi 3.5630 darajasida edi. Hozirgi vaqtda paritet ko‘rsatkichi 3,62 darajasida.
Bundan tashqari, yevroning turk lirasiga nisbati 3,82 darajasida qayd etildi.