16:56 / 05.01.2017
33287

Video: Yosh bola yonida bo‘lgan onasi SMS yozayotgan payt basseynda cho‘kib ketdi

Xitoydagi akvaparklardan birida o‘ta dahshatli fojia yuz berdi. U yerda yosh bola yonida onasi bo‘lgan holda sun'iy hovuz (basseyn)da cho‘kib ketgan. Bu holat ayol kim bilandir telefon orqali yozishayotgan payt ro‘y bergan va u o‘rnidan turib, gadjyetidan ko‘z uzmagan holda farzandini qidirish uchun teskari tomonga qarab ketib qolgan.

O‘z onasi yonida yashash uchun so‘nggi kuchlari bilan kurashayotgan bola tasvirlangan holat videokuzatuv kameralariga tushirildi.

Ayni damda xitoylik huquq-tartibot xodimlari nima uchun voqea paytida xavfsizlikni ta'minlashi shart hisoblangan qutqaruvchilar bo‘lmagani, shuningdek bola nima uchun qutqaruv nimchasi bo‘lmagan holda suvga tushganini aniqlashmoqda.

Top