Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi qamoqxonada 30 dan ortiq mahbus jonsiz holda topildi

Foto: © EPA/Antonio Lacerda
Braziliya shimolidagi qamoqxonada kamida 33 mahbus jonsiz holda topildi. Bu haqda ushbu holat yuz bergan Rorayma shtati hukumati xabar berdi.
"Adliya va fuqarolik masalalari bo‘yicha vazirlik 6 yanvar kuni ertalab "Monte-Kristo agrar penitentsiar muassasasi"da 33 ta o‘lim holati qayd etilganini xabar berdi. Vaziyat nazorat ostida, maxsus amaliyotlar bataloni jangchilari (Braziliya harbiy politsiyasining nufuzli bo‘linmasi – tah.) ushbu qamoqxonada hududida", - deyiladi bayonotda.
Hujjatda voqea nima sababdan ro‘y bergan xabar qilinmagan. Shu bilan bir qatorda, UOL internet-portali ma'lumotlariga ko‘ra, barcha halok bo‘lganlar narkomafiyaning ikki dushman guruhi qarama-qarshiligi oqibatida qurbon bo‘lishgan. Nashrning xabar berishicha, ayni damda ushbu qamoqxonada 1475 jinoyatchi saqlanmoqda, u esa aslida 750 kishiga mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Braziliya tarixidagi eng yirik qamoqxona isyoni 1 yanvar kuni Manaus shahrida yuz berdi. O‘shanda ikki guruh o‘rtasida boshlangan qarama-qarshilik sabab yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Transafg‘on temiryo‘li – amalga oshirish imkonli ishmi?
Iqtisodiyot | 12:11 / 18.08.2025
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Baxmal mavsumida Antaliya: maxsus narxlar 25 avgustgacha
Jamiyat | 19:00 / 20.08.2025
-
Ichida sichqonlar va pashshalar bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Fan-texnika | 02:01
-
Isroil armiyasi G‘azoni bosib olish operatsiyasini boshladi
Jahon | 01:06
-
Afg‘onistonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:37
Mavzuga oid

13:50 / 20.08.2025
Braziliyalik futbolchi 28 yillik jahon rekordini yangiladi

21:35 / 10.08.2025
Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

11:13 / 05.08.2025
Braziliya sobiq prezidenti Bolsonaru uy qamog‘iga olindi

14:32 / 31.07.2025