Sport | 16:47 / 06.01.2017
9868
1 daqiqa o‘qiladi

Dibala «Barselona» va «Real» jamoalaridan birini tanladi

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini «Real»da davom ettirishi oydinlashmoqda.

Marca nashri xabariga ko‘ra, argentinalik bu yosh futbolchi  «Real»ga o‘tishni istayotgani tufayli «Barselona» taklifini rad qilgan.

Shu bilan birgalikda «Yuventus» Dibalani o‘z safida saqlab qolmoqchi va uning maoshini Higuainniki bilan tenglashtirib, 7 mln yevroga ko‘tarishga tayyor.

«Real» ham Dibalani qo‘lga kiritishni istamoqda. Madridliklar jamoasi futbolchining «Yuventus» bilan olib borayotgan muzokarasi qanday yakunlanishini kutmoqda.

«Real» 90 millionlik transferga tayyorlanmoqda

Mavzuga oid

E`lonlar