12:49 / 06.01.2017
10368

Disney Kerri Fisherning vafoti tufayli tarixdagi eng yirik sug‘urta pulini olishi mumkin

«Yulduzlar jangi» kinoepopeyasini yaratgan Lucasfilm kinostudiyasiga egalik qiluvchi Disney konserni malika Leya roli bilan tanilgan aktrisa Kerri Fisherning vafoti tufayli Lloyds sug‘urta kompaniyasidan 41 million dollar miqdorida sug‘urta puli olishi mumkin.

Amerikalik aktrisa Kerri Fisher 27 dekabr kuni yurak xurujidan so‘ng 60 yoshida vafot etgan edi.

Top