08:10 / 06.01.2017
3960

Xitoy konlaridan birida gaz portlashi 12 kishining umriga zomin bo‘ldi

AP Photo/ Ng Han Guan

Xitoyning Xenan viloyatidagi ko‘mir konlaridan birida gaz aralashmasining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda. 

Hodisa 4 yanvar kuni kechqurun Chjenchjou shahar okrugining Denfen muzofotida sodir bo‘lgan. Portlash chog‘ida 51 kishi yer ostida bo‘lgan, ularning 39 nafari yer ustiga chiqishga ulgurgan. Yana 7 kishi yer ostida qolib ketgan. 6 yanvar kuni hukumat vakillari ularning halok bo‘lganini tasdiqladi. Xabarlarga ko‘ra, portlashga asbob-uskunalardan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgani taxmin qilinayapti. 


 

Top