19:57 / 06.01.2017
6069

Qirg‘iziston prezidenti Xitoy tijorat vaziri bilan uchrashdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 6 yanvarda Xitoyga amaliy tashrifi davomida Pekinda Xitoy tijorat vaziri Gao Xuchen bilan uchrashdi.

Atamboyev vazirni Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi, ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi har tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun "Danaker" ordeni bilan taqdirladi.

"Men uchun shaxsan prezident tomonidan topshiriladigan "Danaker" ordenini olish katta sharafdir. Bu ordenning berilishi davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni qabul qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilari ishiga yuqori bahodir. Sizga oliy mukofot uchun minnatdorchilik bildirishga ruxsat bergaysiz", deb aytgan Gao Xuchen.

Qirg‘iziston prezidenti o‘z navbatida Xitoy tijorat vaziriga amalga oshirilayotgan ulkan ishlar uchun tashakkur bildirdi. "Biz aynan Xitoy tijorat vazirligining ishi evaziga Qirg‘izistonda ko‘p narsalar qilinayotganini ko‘rmoqdamiz. Oxirgi yillarda Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar yangi strategik hamkorlik bosqichiga chiqqanida Gao Xuchen boshchiligidagi Xitoy tijorat vazirligining katta hissasi ham bordir", deb aytdi Qirg‘iziston prezidenti. 

Tomonlar turli sohalardagi loyihalarning amalga oshirilishini hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikning ko‘plab masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada oshirish bo‘yicha rejalarni muhokama qilishgan.

 

Top