15:11 / 06.01.2017
5528

Mahmud Abbos: «Biz muzokaralar orqali tinchlikka erishishni istaymiz» 

15 yanvar kuni Yaqin Sharq masalasiga bog‘liq Parijda o‘tadigan xalqaro anjuman Falastin-Isroil munosabatlarining yaxshilanishiga xizmat qilishi mumkin. Bu haqda Falastin prezidenti Mahmud Abbos isroillik olim va siyosiy faollar bilan o‘tkazgan uchrashuvida aytib o‘tgan.

«Biz muzokaralar orqali tinchlikka erishishni va o‘zga choralarni qo‘llamaslikni istaymiz. Zo‘ravonlik, terrorchilik va ekstremizmning har qanday alomatlariga qarshi chiqamiz», - dedi Abbos.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, isroillik siyosiy faollar bilan uchrashuvning o‘tkazilishi ham tinchlikka erishish borasida isroilliklar orasida buni istovchilar yetarli ekanligining yorqin dalilidir.

Mavzuga oid
Top