Meksikada talon-tarojliklarda ishtirok etgan 430 kishi hibsga olindi
Meksikada benzin narxi oshirilishiga qarshi norozilik namoyishlari davomida boshlangan do‘konlarga hujumlar va o‘g‘riliklarda ishtirok etgan 430 kishi hibsga olindi. Bu haqda Mexiko shtati bosh prokuraturasi ma'lum qildi.
"5 yanvar holatiga ko‘ra 430 kishi jinoyat ustida qo‘lga olingan. Ular orasida 306 nafari balog‘atga yetganlar, jumladan 255 erkak va 51 ayol hamda 124 nafari balog‘atga yetmaganlarni tashkil qiladi", deb aytildi hukumat xabarida. Ma'lum qilinishicha, ushlanganlar orasida 4 politsiyachi ham bor.
1 yanvardan meksikaliklar benzin va dizel yoqilg‘isi narxi ancha oshganiga (20 foiz) qarshi norozilik bildirmoqdalar. Bundan norozi meksikaliklar mamlakatning bir qator hududlarida yo‘llarni to‘smoqdalar. Oxirgi kunlarda noroziliklar o‘g‘irliklar va tartibsizliklarga aylanib ketgan.
Yonilg‘i narxi Meksika milliy valyutasining dollarga nisbatan sezilarli qadrsizlanishi sababli qimmatlashdi. 2016 yilda pesoning qadrsizlanishi 20 foizni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

00:27 / 10.05.2025
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi

18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

19:11 / 21.04.2025