Bugun Milliy olimpiya qömitasining XXX Boş Assambleyasi yiğilişi bölib ötdi. Tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda tört yillik olimpiya siklida qilingan işlar, erişilgan natijalar borasida hisobot berildi. 

Yiğiliş davomida Milliy olimpiya qömitasiga yangi prezident va uning vitse-prezidentlari taniştirildi. Qömita rahbarligiga “Özbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alişer Sultonov bir ovozdan saylangan.

Salim Abduvaliyev, Valeriy Tyan, Farhod Turdiyev va Umid Ahmadjonov esa qömita vitse prezidentlari sifatida taniştirilgan.

Eslatib ötamiz, Salim Abduvaliyev 2000 yildan buyon ham MOQ vitse-prezidenti vazifasida işlab kelgan.

Salim Abduvaliyev Özbekistondagi eng ta'sirli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U 1950 yilning mayida Farğona viloyatining Toşloq qişloğida dunyoga kelgan. 

U erkin kuraş böyiça 5 karra Özbekiston çempioni bölgan.

U sportdan ketgaç, avvaliga zavodda işlagan, keyin haydovçilik qilgan.

Salim Qirğizboyeviç 1997 yildan buyon Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. U şu vaqtga qadar Özbekistonda erkin kuraş böyiça sport musobaqalariga homiylik qilib kelgan. Xalq orasida Salim «Boyvaçça» laqabi bilan tanilgan bu sport amaldori öz vaqtida katta tennis böyiça Özbekiston prezidenti Kubogi homiysi ham sanalardi.

Ayni vaqtda Toşkentdagi Yaşnobod tumanida istiqomat qiladi. 4 qiz hamda 2 öğil otasi.