20:52 / 07.01.2017
5362

Angliya kubogi. «MYu» ham keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Angliya kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. O‘z uyida chempionship vakilini qabul qilgan «Manchester Yunayted» yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Runini Bobbi Charlton bilan tenglashtirgan goldan tashqari Antoni Marsyalning bitta va Markus Reshfordning ikkita goli Joze Mourino shogirdlariga «Reding» ustidan 4:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Natijada «Yunayted» hamshaharlari ortida 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Reding» esa musobaqa bilan erta xayrlashadigan bo‘ldi.

Angliya kubogi,3-raund

Manchester Yunayted – Reding 4:0 (2:0)
Gollar: 
Runi (7), Marsyal (15)Reshford 75, 79).

Manchester Yunayted: Romero, Blind, Roxo (Jons, 19), Smolling, Yang, Mata (Shvaynshtayger, 78), Fellayni, Kerrik (Fosu-Mensa, 78), Reshford, Runi, Marsyal.
Reding: Al-Habsi, Mur, Blekkett (Obita, 46), Ganter, Evans (Svift, 57), Berens, Kelli, van den Berg, Uilyams, Makkliri, Kermorgan (Semyuel, 77).
Ogohlantirish: Yang (54).

Top