21:55 / 07.01.2017
20724

Baxtsiz kishilar qanday odatlaridan xalos bo‘lishlari kerak?

Har birimizning hayotimizda og‘ir kunlar bo‘lib turadi. Ishlagimiz kelmaydi, ko‘cha-ko‘yda oyoqlarimizni bosib olishadi, sevimli itimizning harakatlari ham ortiqchadek ko‘rinadi. Biroq diqqatni shunda to‘xtatish shartmikan? Diqqatini salbiy jihatlarda to‘xtatadigan kishilarning tashxisi - o‘z-o‘zidan surunkali norozilik hissi. Trendymen nashri baxtsiz kishilar yo‘l qo‘yadigan bir necha xatolarga ishora qildi. Ularni imkon qadar chetlab o‘ting!

O‘zgartirib bo‘lmaydigan narsalar haqida qayg‘urish - shaxsning bipolyar buzilishiga olib keluvchi omil. Hammamiz ham ba'zan "Agar bunday qilganimizda, unday bo‘lardi", deya o‘ylanib qolamiz. Shuni yodingizda tutingki, bu yo‘lning oxiri berk. Baxtsiz kishilar ana shunday bema'ni xayollarga bajonidil berilishga moyil bo‘lishadi. Bo‘ladigan ish bo‘ldi va oldingizdagi yagona vazifa - bundan tegishli xulosa chiqarish hamda ushbu hayotiy saboqni yodda saqlash. Keyingi safar aql bilan ish tutasiz.  Agar shunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, vaqt mashinasi ixtiro qilinishini kutishdan o‘zga chorangiz yo‘q. 

Qiyinchilikning ilk belgilaridanoq yengilish oson. Baxtsiz kishi muammo yuzaga kelishi bilanoq qo‘llarini boshi orqasiga qo‘yib, yotib oladi - bu bir qarashda juda oson, axir. Aslida har bir "yengilish" qo‘ngilda og‘ir mag‘lubiyat hissini paydo qiladi. Boshqacha yo‘l tutganingizda vaziyat mutlaqo o‘zgacha bo‘lishi mumkinligi haqidagi o‘y-xayollar umrbod sizga tinchlik bermaydi. O‘zingizni  yengib, g‘alabaga erishish uchun imkon qadar harakat qiling. 

Hamma narsani o‘ziga haddan ziyod yaqin qabul qiladiganlar, qoidaga ko‘ra, hayotga ham shunday munosabatda bo‘lishadi. Hayotda bema'ni hodisalar shu qadar ko‘p bo‘ladiki, ularni hazil-huzul bilan yengib o‘tgan insongina yutib chiqadi. Atrofda bo‘layotgan voqealarni "Obbo, nima uchun aynan men?" qabilida qabul qilish bema'ni va ahmoqona o‘y-xayollarga olib keladi. 

Boshqalar nima deb o‘ylaydi? Men to‘g‘ri yo‘l tutdimmi? Ko‘rinishim qanday? - shu kabi o‘y-xayollar qancha vaqt va kuch-quvvatingizni olishini bir o‘ylab ko‘ring-a?! O‘zingizni bo‘sh qo‘ying, sizning xatti-harakatlaringizning aksariyatiga birovlar e'tibor ham bermaydi. Siz qilishingiz kerak bo‘lgan ishni bajaring, atrofingizdagi har bir kishining  fikriga quloq tutish shart emas. 

Baxtsiz kishilar sport bilan shug‘ullanishmaydi. Ularning bunga vaqti ham yo‘q: hayot boshqacha kechganda qanday bo‘lishi haqida o‘ylash yoki o‘z-o‘ziga atrofdagi  nohaqlikdan nolish kerak, axir! Aslida esa sport sizning aqliy va jismoniy salomatligingizni charxlaydi. U bilan qancha ko‘p shug‘ullansangiz, o‘zingizni shuncha yaxshi his qilasiz. Ko‘proq kuch-quvvat, ko‘proq baxt - qoidasi oddiy. 


 

Mavzuga oid
Top