Jahon | 17:08 / 07.01.2017
12626
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbul aeroportida 600dan ortiq reys bekor qilindi

Foto: Anadolu

Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma'lum qildi. Bunga noqulay ob-havo, kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan. 

Xabarlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirilgan, 20 mingga yaqin kishi issiq ovqat bilan ta'minlangan. 

Anadolu agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Istanbulning ayrim hududlarida qor qalinligi 40 sm.ga yetmoqda. Bosfor bo‘g‘ozi kemalar uchun yopib qo‘yilgan. Avtomobil yo‘llarini muz qoplagani ko‘plab avtohalokatlarga sabab bo‘lgan, ularda bir necha yirik yuk mashinalari ham ishtirok etgan. 

Istanbul shahar ma'muriyati, o‘z navbatida, "Zeytinburnuspor" sport markazi binosida 700 dan ortiq uysizlarni to‘plab, ovqat bilan ta'minlagan. Shu bilan birga, qutqaruv xizmati kunu tun ishlayotgani ta'kidlanmoqda. 

Mavzuga oid