12:32 / 07.01.2017
4562

Moskva mehmonxonasida ro‘y bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Foto: TASS

Rossiyaning Moskva shahar shimoli-sharqidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘inda bir kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9 kishi jabrlangan. Bu haqda TASS agentligi huquq idoralaridagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Poytaxt FVV boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in yuz bergan hududning umumiy maydoni 700 kvadrat metrni tashkil etadi. 

Fojia yuz bergan joyda tibbiy yordam bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatgan, binodan ko‘chirilgan odamlarni isitish uchun avtobuslar chaqirilgan.

Mavzuga oid
Top