15:57 / 07.01.2017
26160

Nursulton Nazarboyevdan bir juft latifa (video)

Internet tarmog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostonada bo‘lib o‘tgan Yangi yil bazmida so‘zlab bergan ikkita hazilga doir video lavha paydo bo‘ldi. Lavha Instagram tarmog‘idagi ZTB_video sahifasiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston hukumatining barcha a'zolari ishtirok etgan Yangi yil tantanasi chog‘ida Nazarboyev dastlab xo‘roz yili xususidagi latifani so‘zlab bergan. Shundan so‘ngra, davlat rahbari hukumat a'zolariga doir latifani aytib, askiyachilik borasidagi qobiliyatini namoyish qilgan. 

"Bizning hukumatimiz Yangi yilni to‘liq tarkibda hukumat binosida kutib qolishga qaror qildi. Chunki, shunday irim bor, Yangi yilni qayerda kutib olsang, o‘sha yerda bir yil qolasan", - deb hazillashgan Nazarboyev. 

Mavzuga oid
Top