Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Suriyada sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi
Suriya shimolidagi Azaz shahrida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi. Bu haqda DailySabah nashri xabar bergan. Unga ko‘ra, bir necha o‘nlab insonlar jarohatlangan. Biroq ushbu ma'lumot hozircha tasdiqlanmagan.
Avvalroq, shahar markazidagi savdo do‘konlari yonida ichiga portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlagani haqida xabar bergandik. Hodisa Turkiya bilan chegaradan taxminan 10 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu tuman “Ahrar ash-Shom” muxolifat guruhi tomonidan nazorat qilinadi.
Ma'lumot uchun, Suriyadagi qurollangan tuzilmalar ro‘yxati 29 dekabr kuni taqdim etilgan bo‘lib, avvaliga unda "Ahrar ash-Shom" ham bo‘lgan, biroq keyinchalik guruh sulh haqida kelishuvni imzolamagani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026