Sport | 18:26 / 07.01.2017
6629
1 daqiqa o‘qiladi

Pike hakamlik haqidagi so‘zlari uchun jazolanishi mumkin

"Barselona" himoyachisi Xerard Pike Ispaniya kubogining 1/8 finalida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi birinchi uchrashuvning bosh hakami Fernandes Borbalanni tanqid qilgani uchun jazolanishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. Texnik qo‘mita Pikening ishini 9 yanvarda o‘rganib chiqadi.

"Barsa" o‘yinchilari o‘yinni ikki kishiga ko‘proq bo‘lib yakunlashganiga qaramay, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan. Pike esa Borbalan bir nechta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganini aytgan. Himoyachi "bunday hakamlik ruletka o‘yiniga olib kelishini" aytgan. 

Mavzuga oid