Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqda portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
Suriyaning Damashq viloyati shimolida, Sasaa qishlog‘i hududida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyadagi manbasiga asoslangan holda SANA agentligi xabar tarqatgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, terakt oqibatida yana 15 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ularning ba'zilari og‘ir ahvolda qolmoqda.
7 yanvar kuni Suriyaning Aazaz shahrida kuchli portlash amalga oshirilgan, ushbu terakt 60 kishini hayotdan olib ketgan, shuningdek 100dan ortiq kishi jarohatlangandi.
Mavzuga oid
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
10:52 / 26.12.2025