15:03 / 08.01.2017
6115

Xosep Gvardiola Angliya uni o‘zgartirganini tan oldi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyadagi ishiga baho berib o‘tdi.

«Menda turli xil g‘oyalar bo‘lgan. Misol uchun uch himoyachi bilan o‘ynash. Bu taktika ish bermaganda, har doim ayb murabbiyda bo‘ladi. Men hech qachon o‘yinchilardan nolimayman.

Men ular qanday ishtiyoq bilan mashg‘ulotlar olib borayotganini ko‘rib turibman. Ular haqiqatan ham o‘zlarini ko‘rsatish uchun tinim bilishmayapti. Mening vazifam ularga yordam berish.

Ba'zida mening g‘oyalarim unchalik yaxshi foyda bermaydi. Chunki men hamon futbolchilarni, o‘rganish, ularni tushunish va kim qaysi pozitsiyada yaxshiroq o‘ynashi bilan tanishish jarayonidaman.

Men Angliyani o‘zgartirmoqchi emasman, buni istamayman ham. Albatta, Angliya meni o‘zgartirdi. Aynan shu sababdan ham bu yerga kelgandim. Bu esa juda yaxshi.

15-20 yil faoliyat olib boradigan murabbiy uchun butun faoliyati davomida bir ishni takrorlash juda zerikarli. Million marta takrorlaganman: bu yerga o‘z o‘yin uslubimni Angliyaga moslashtirish uchun kelganman», – deya gapirib o‘tgan Gvardiola.

Top