Shavkat Mirziyoyev aniq manzilga yetib bormagan 41 milliarddan ziyod mablag‘ haqida so‘zladi
Ma'lumki, 2017 yilning 7 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha vakillari bilan uchrashdi. Unda davlatimiz rahbari prokuratura organlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan bir qator muhim masalalarga to‘xtalib, ularni raqamlar bilan asosladi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga qisqa davr mobaynida O‘zbekiston fuqarolaridan 311 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. "Ikki oy ichida 311 ming aholi joydagi ahvoldan norozi!", - dedi Prezident.
"Murojaatlarning 111 mingdan ortig‘i yoki har uchtadan bittasida ijtimoiy sohadagi o‘tkir masalalar ko‘tarilgan. Joylarda ish haqi va pensiya to‘lovlarini kechiktirish, aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilgan byudjyet mablag‘larini noto‘g‘ri sarflash va talon-taroj qilish holatlari muntazam ravishda davom etib kelayotgani hammamizni tashvishga solishi shart!", - deya ta'kidladi davlatimiz rahbari.
O‘tgan yili 5925 fuqarolar yig‘inida kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 41 milliard 300 million so‘mga yaqin nafaqa va moddiy yordam puli noqonuniy to‘langanligi bunga misol qilib keltirildi.
Bundan tashqari, naqd pulning bankdan tashqarida aylanishi bilan bog‘liq salbiy holatlarga qarshi yetarlicha kurash olib borilmayotganligiga urg‘u berildi.
"Aslida bu masalalar nazorati prokuratura huzuridagi departamentning bevosita vazifasiga kiradi. Biroq afsuski, departament va uning joylardagi bo‘limlari bu ishni o‘z holiga tashlab qo‘ygan. Shuning uchun departament yangi rahbari e'tiborini ushbu muhim masalani alohida nazoratga olish zarurligiga qaratmoqchiman", - dedi Sh. Mirziyoyev.
TAS-X
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024