Sport | 22:21 / 08.01.2017
18189
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik uchrashuvlarisiz qolgan vaqtda «Bunyodkor» Gana va Iordaniya bilan o‘ynaydi

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi BAA yig‘ini doirasida 6ta nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Sergey Lushchan jamoasi bugun nazorat uchrashuvlari doirasidagi birinchi bahsni mahalliy «Ash-Shaab» klubiga qarshi o‘tkazib, Vadim Chemirtan va Shahzodbek Nurmatovning gollari evaziga raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.

«Bunyodkor» BAAda yana beshta uchrashuv o‘tkazadi:
10 yanvar. «Bunyodkor» – Gana milliy terma jamoasi
11 yanvar. «Bunyodkor» – «Xenan Jiane» (Xitoy)
13 yanvar. «Bunyodkor» – «Al-Faysaliy» (Saudiya Arabistoni)
15 yanvar. «Bunyodkor» – «Aberdin» (Shotlandiya)
20 yanvar. «Bunyodkor» – Iordaniya milliy terma jamoasi.

2018 yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichida bo‘lgan O‘zbekiston MTJ esa ancha vaqtdan buyon maydonga tushmay kelmoqda. O‘tgan oyda Samvel Babayan jamoasi 2017 yilning fevralida Turkiyada Armaniston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma'lum qilingandi. Ammo bu uchrashuvda ikki terma jamoa ham legionerlarsiz (12 fevral FIFA taqvimiga kirmagan), ichki chempionatdagi mahalliy futbolchilardan iborat tarkiblarini maydonga tushiradi.

Mavzuga oid