14:31 / 09.01.2017
3973

2016 yili Xitoyda vazirlik darajasidagi 21 mulozim sud qilindi

Foto: AP

XXR prokuraturasi 2016 yilda 21 nafar vazir va undan yuqori bo‘lgan mulozimlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 

Xitoy xalq respublikasi Oliy xalq prokuraturasi (SPP) ma'lumotlariga ko‘ra, ular orasida Lyaonin viloyati partiya qo‘mitasi sobiq kotibi Van Min va Pekin partiya qo‘mitasi kotibi sobiq o‘rinbosari Lyuy Siven ham bor.

Xabarda ta'kidlanishicha, umuman, vazirlik darajasidagi va undan yuqori turuvchi mulozimlardan 48 nafariga rasmiy ayblovlar e'lon qilingan. XXR sobiq raisi Xu Tszintaoning sobiq yordamchisi Lin Tszixua, Butunxitoy xalq siyosiy maslahat kengashi raisining o‘rinbosari Su Jun ham bor.

Bundan avval, Xitoy kommunistik partiyasi intizom qo‘mitasi 76 nafar yuqori lavozimli mulozimiga qarshi tergov ishlari olib borilayoganini ma'lum qilgan edi. 

Top