AQSh tanklarining Germaniyaga yetkazilishi videosi paydo bo‘ldi
8 yanvarda Germaniyaning Bremerxafen portiga AQSh zirhli texnikasi ortilgan qo‘shimcha kemalar yetib keldi. Tanklar va gaubitsalarning tushirilishi videosini RT Deutsch telekanali namoyish qildi.
Germaniyadan zirhli texnika temir yo‘l orqali Sharqiy Yevropaga "Atlantikacha qat'iylik" (Atlantic Resolve) operatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yuboriladi. Tanklar Polshaga 12 yanvarda yetib kelishi kutilmoqda.
Norddeutsche Rundfunk ma'lumotlariga ko‘ra, texnika 900 ta vagonda tashiladi. Agar bu vagonlar yonma-yon birlashtirib chiqilsa, 15 km lik poyezd hosil bo‘ladi.
Hammasi bo‘lib Sharqiy Yevropaga 87 ta M1 Abrams tanki, 144 ta M2 Bradley piyoda askarlar mashinasi, 18 ta M109 Paladin o‘ziyurar gaubitsa va boshqa texnika tashlanadi.
Germaniyaga bu texnika bir nechta kemada yetkazildi. 7 yanvarda mahalliy faollar "Qurol-aslaha jarang-jurungiga yo‘q – qo‘shinning tashlanishini to‘xtatamiz" shiori ostida norozilik aksiyasini o‘tkazishdi.
Sharqiy Yevropada og‘ir qurol-aslahaning joylashtirilishini bir qator nemis siyosatchilari ham tanqid qilishdi. Bundestagdagi "So‘llar" fraksiyasi vakili Aleksandr Noy Sputnik Deutschland nashriga bergan izohida NATO o‘zining mavjudligini oqlash uchun Rossiya bilan qarama-qarshilikka borayotganini aytdi. "Afg‘oniston, Liviyadagi missiyalar uncha omadli bo‘lmaganidan keyin, NATOga yangi ma'no berish kerak", deb aytgan Noy.
NATOning sharqiy qanoti kuchaytirilishiga Brandenburg yeri bosh vaziri Ditmar Voydke ham qarshi chiqdi. "Tanklar chegaraning ikki tomonida u yerdan-bu yerga yursa, biz yengil tortmaymiz ", deb aytdi Voydke hamda Moskva bilan muloqot o‘rnatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
09:59