21:01 / 09.01.2017
10969

«Barselona» rahbariyati chiqargan qaror FIFAni ranjitdi

«Barselona» rahbariyati FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimiga o‘z futbolchilarini jo‘natmasligi haqidagi qarori tashkilotni ranjitdi. Bu haqda Marca xabar bergan.

Taqdirlash marosimida eng yaxshi  futbolchi bo‘lish uchun da'vogar uch futbolchidan biri bo‘lgan kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi hamda yil ramziy terma jamoasidan o‘rin olishga da'vogar bo‘lgan Andres Inesta, Luis Suares va Jyerar Pikelar ham ishtirok eta olmaydi.

«Barselona»da bu vaziyatni jamoaning «Atletik»ka qarshi Ispaniya kubogi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan izohlagan. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

Messi FIFAning taqdirlash marosimiga bormaydi

«Barselona» Messi, Pike, Inesta va Suares FIFA taqdirlash marosimiga bormasligiga izoh berdi

Top