Jamiyat | 15:03 / 09.01.2017
18763
2 daqiqa o‘qiladi

Chimkentdagi qurilish maydonida uch kishining qoldig‘i topildi

Foto: otyrar.kz

Qozog‘istonning Chimkent shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan quruvchilar kutilmagan topilmaga duch kelishgan. Ular odamlarning qoldig‘i, deyarli bus-butun xum va uy jihozlarini topib olishgan. Quruvchilar topilmalarni bir joyga to‘plashgach, 3 kishining qoldig‘i ekani aniqlangan. 

Quruvchilardan biri ular bu topilmalarga qanday duch kelishganini so‘zlab bergan, deb yozmoqda otyrar.kz sayti. 

«Ishlayotganimizda o‘rtog‘imning suyakka ko‘zi tushdi! Biz asta-sekinlik bilan qazish ishlarini davom ettirdik va uch kishining qoldig‘i, singan likopcha va albatta, tilla emas, tuproq to‘ldirilgan ko‘zani kovlab oldik. Biz zudlik bilan keksalarni chaqirdik. Ular inson qoldiqlarini qayta ko‘mish zarurligini aytishdi. Ko‘zani biz tekshirish uchun arxeologlarga topshirdik…», - deb hikoya qilgan Davron Abayev.

Ushbu topilmaga duch kelgan quruvchilar mazkur hududda ishni vaqtincha to‘xtatgan. 

Mavzuga oid