18:38 / 09.01.2017
9862

Davlat turizm qo‘mitasi raisi Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasida qo‘mita raisi Anvar Sharapovning Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U va maslahatchi-elchi Tsoy Chjon-Xo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Koreya tomoniga boy tarixiy va madaniy meros, respublikada turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan islohotlar, hukumat tomonidan turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, qo‘mita rahbariyati mamlakatdagi ijobiy investitsiya muhitiga alohida e'tibor qaratdi va koreyalik investorlarni yangi turistik infratuzilmalarni qurish va amaldagi obektlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga jalb qilishni taklif qildi.

Tomonlar ikki mamlakat turistik sanoati ishchi doiralari va turistik ma'muriyatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish har ikki davlatda o‘tkaziluvchi yirik turistik tadbirlarda soha vakillarining ishtirokini yanada oshirishga xizmat qilishini ta'kidlashdi.

O‘zbekiston tomoni 2017 yilning aprelida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro o‘zbek turistik ko‘rgazmasi ishida qatnashish uchun Koreya Respublikasi turistik sanoati vakillariga taklifnoma berdi. 

Tomonlar uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida sohaga oid sheriklik munosabatlarini kuchaytirish borasida a

Top