17:32 / 09.01.2017
20199

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hamda sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Xususan, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sultonov Allouddin Po‘latovichning virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar berdi.

2017 yilning 8 yanvar kuni ochilgan «Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘iga onlayn murojaat» sayti aholining davlat boshqaruvi organlariga, binobarin ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qiladi. 

Top