09:13 / 09.01.2017
5350

Gosling "La-La Lend" myuziklidagi roli uchun "Oltin globus"ni qo‘lga kiritdi

foto: ria.ru

Los Anjyelesda Hollivudning xorijiy matbuot Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Oltin globus" sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Rayan Gosling "La-La Lend" film-myuziklidagi roli uchun eng yaxshi erkak aktyor mukofotiga loyiq ko‘rildi, deb xabar qilmoqda NBC telekanali.

"La-La Lend" myuzikli yettita toifa bo‘yicha xalqaro mukofot uchun kurash olib bormoqda. 

Ushbu nominatsiyada Hyu Grant ("Florens Foster Jyenkins"), Kolin Farrell ("Lobster"), Rayan Reynolds ("Dedpul") va Jon Xill "Qurolli yigitlar" filmlaridagi rollari bilan qatnashgan.

Top