10:14 / 09.01.2017
5013

La Liganing 17-turidan keyin «Real», «Sevilya» va «Barselona» kuchli uchlikni tashkil qilmoqda

Primeraning 17-turida «Real» o‘z uyida «Granada»ni yirik hisobda yengdi (5:0), «Eybar» «Atletiko»ga yutqazdi (0:2), «Real Sosedad» «Sevilya»ni qabul qilib yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4), «Vilyarreal» «Barselona»ga qarshi o‘yinda oxirgi daqiqada g‘alabani boy berdi (1:1).

Tur o‘yinlaridan keyin Zaynidin Zidan shogirdlari bir kam o‘yin o‘tkazgan holda (klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ishtirok tufayli) 40 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Bu klubdan Ispaniya Kubogi doirasida yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan «Sevilya» esa 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

8 yanvar oqshomida «El Madrigal» stadionida «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynagan chempionlik uchun da'vogar «Barselona» 2 ochko yo‘qotdi. Mazkur ochko yo‘qotishdan keyin «Barselona» 3-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Ayni vaqtda klub «Sevilya»dan 1, «Real Madrid»dan esa 5 ochko kamroq jamg‘argan.

«Eybar» uyiga safar uyushtirgan Simeone shogirdlari Saul Ngiyes va Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» hisobidagi ochkolar soni 31taga yetdi va jamoa 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa jadval yetakchisi «Real» 9 ochko ortda bormoqda.

Real Madrid – Granada 5:0
Gollar: 1:0 – 12 Isko, 2:0 – 20 Benzema, 3:0 – 27 Ronaldu, 4:0 – 31 Isko, 5:0 – 58 Kazemiro.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo (Koentrau, 68), Karvaxal, Nacho, Modrich, Kazemiro, Kroos (Xames, 46), Isko (Asensio, 51), Ronaldu, Benzema.
Granada – Ochoa, Lomban, Ruben Vezu, Silva, Tabanu (Ponse, 77), Serji Samper, Agbo (Markes, 60), Pereyra, Boga (Bueno, 65), Tito, Kravets.
Ogohlantirishlar: Serji Samper (44), Agbo (57), Silva (70), Kazemiro (71), Tabanu (72).

Real Sosedad – Sevilya 0:4
Gollar: 0:1 – 25 Ben-Yyedder, 0:2 – 29 Ben-Yyedder, 0:3 – 73 Sarabiya, 0:4 – 83 Ben-Yyedder.
Real Sosedad – Ruli, Gonsales (Elustondo, 46), Berchiche, Saldua, Martines, Granero (Kanales, 57), Ilyarramendi, Vela (Xuanmi, 57), Priyeto, Oyarsabal, Villian Joze.
Sevilya – Riko, Parexa, Rami, Eskudero, Merkado, Nzonzi, Vitolo (Kranevitter, 79), Vaskes (Sarabiya, 69), Nasri, Mariano, Ben-Yyedder (Korrea, 90).

Vilyarreal – Barselona 1:1
Gollar: 1:0 – 49 Sansone, 1:1 – 90 Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Musakko (Alvaro Gonsales, 87), Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Soriano, Trigeros, Soriano (Rodri Ernandes, 83), Dos Santos, Sansone, Pato (Kastilexo, 76).
Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Din (Turan, 71), Buskets, Maskerano, Andre Gomesh (Suares, 68), Serdji Roberto, Inesta, Messi, Neymar.
Ogohlantirishlar: Kosta (70), Serdji Roberto (78), Sansone (78), Pike (83).
Chetlatish: Kosta (90).

Eybar – Atletiko 0:2
Gollar: Saul (54), Grizmann (74).
Eybar: Yoel, dos Santos, Luna, Kapa, Lejyen, Dani Garsiya, Riko, Gonsales (Nano, 82), Leon (Penya, 76), Inui (Bebe, 68), Enrik.
Atletiko: Moyya, Savich, Ximenes, Filipe Luis, Godin, Koke, Saul, Grizmann, Gabi, Vrsalko (Xuanfran, 46), Torres (Gameyro, 71).

Atletik – Alaves 0:0

Selta – Malaga 3:1
Gollar: Aspas (7), Vass (60), Fontas (73) – Vass (86, avtogol).

Las-Palmas – Sporting Xixon 1:0
Gol: 1:0 – 55 El-Jar.

Espanol – Deportivo 1:1
Gollar: 0:1 – 59 Borxes, 1:1 – 63 Moreno.

Betis – Leganes 2:0
Gollar: 1:0 – 51 Ruben Kastro, 2:0 – 85 Pichchini.

Osasuna – Valensiya uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.

Top