Jamiyat | 13:14 / 09.01.2017
13868
2 daqiqa o‘qiladi

Mars orbitasidan olingan Yer surati namoyish etildi

Foto: NASA

NASA Yer va Oyning Mars orbitasidan olingan suratlarini taqdim etdi. Tasvir - MRO avtomatik stansiyasi tomonidan noyabr oxirida olingan kadrlarning eng yaxshi ikkitasidan birlashtirilgan suratdir.

Bunday tasvir HiRISE bort kamerasi tomonidan olindi. U tasvirlarni infraqizil, qizil va ko‘k-yashil to‘lqinlar uzoqligida qayd etishi mumkin. Shuningdek, u diametri 0,5 metr bo‘lgan hamda chuqur fazodagi eng bo‘lgan katta teleskopdan foydalanadi. Suratga olish jarayonida Mars Yerdan 205 million kilometr masofada bo‘lgan.

NASA’ning xabar berishicha, tasvirlarni birlashtirishda ularning kengligi va sayyoralarning bir-biriga nisbatan bo‘lgan holatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq, rang gammasi tahrirdan o‘tkazildi. Bunga Mars orbitasidan Oyning Yerga qaraganda ancha qorayib ko‘rinishi sabab bo‘ldi. 

Ma'lumot uchun, MRO – Marsni tadqiq qilishga mo‘ljallangan sayyoralararo stansiya bo‘lib, u 2005 yilning 12 avgust kuni uchirilgan va Qizil sayyoraga 2006 yilning 10 mart kuni yetib borgan.

Mavzuga oid