23:04 / 09.01.2017
6398

Mercedes-Benz rekord sonda mashinalar sotdi

Foto: EPA/MARJIAN MURAT

Mercedes-Benz 2016 yilda rekord sondagi 2,083 mln ta avtomobil sotdi. Bu haqda Daimler konserni matbuot bayonotida ma'lum qilindi.

2015 yilga nisbatan kompaniyaning savdosi 11,3 foizga oshgan. Reuters axborot agentligi xabar berishicha, Mercedes-Benz sotilgan avtomobillar bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisi BMW’dan o‘tib ketdi.

Daimler direktorlar kengashi raisi va Mercedes-Benz bo‘limi boshlig‘i Diter Tsetshening aytishicha, 2016 yil kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, eng ko‘p avtomobil dekabr oyida sotilgan  (190 269 ta).

Hammasi bo‘lib Mercedes 2016 yilda Yevropada 900 mingta (+12,4 foiz), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 734 169 ta (+19,3 foiz) avtomobil sotgan.

 

Mavzuga oid
Top