13:35 / 09.01.2017
3988

Misrdagi blokpostga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi

Foto: © AFP

Misrning Sinay yarim orolidagi Al Arish shahri hududida joylashgan blokpostlardan biriga jangarilar hujum uyushtirgan. Buning oqibatida 6 nafar politsiya xodimi halok bo‘lib, yana 10 nafari yaralangan, deb xabar qilmoqda "Fajr" nashri.

"Assoshiyeyted Press" agentligiga ko‘ra, xudkush-terrorchi mina to‘ldirilgan avtomobilni binoga keltirib urgan. 

Misr armiyasi ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri Sinay yarimoroli shimolida aksilterror amaliyotini o‘tkazib keladi. Mintaqaning borish qiyin bo‘lgan hududlarida ekstremistlar joylashib olgani ta'kidlanadi. 

 

Mavzuga oid
Top