Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama qabul qilgan eng qiyin qarori qaysi bo‘lganini aytdi
Foto: AFP
AQSh prezidenti Barak Obama ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida Afg‘onistonga 2009 yilda qo‘shimcha harbiy kuchlarning yuborilishini o‘zining prezidentlik lavozimidagi "eng qiyin qarori" bo‘lganini aytdi.
"Eng qiyin qarorni men prezident lavozimida ishlay boshlaganimda, boshqa davlatlarda amerikalik harbiylarning mavjudligiga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan inson sifatida Afg‘onistonga 30 ming askar yuborishni buyurganimda qabul qilganman", deb aytdi Obama. Obamaning aytishicha, u AQShning Iroqdagi harbiy kampaniyasini doimo xato deb hisoblagan va e'tiborni aynan Afg‘onistonga qaratish kerakligini ta'kidlagan. "Fikrimcha, bu qarorim to‘g‘ri bo‘lgan, chunki o‘sha vaqtda "Tolibon" ancha kuchaygan edi", deb qo‘shimcha qildi Obama.
Obama AQSh o‘shandan beri Afg‘oniston qurolli kuchlarining mustahkamlanishiga yordam berganini aytdi.
Mavzuga oid
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:03 / 06.02.2026
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:28 / 06.02.2026