10:03 / 09.01.2017
11270

Pentagon: AQSh Shimoliy Koreya raketalarini urib tushirishga tayyor

foto: EPA

Vashington Shimoliy Koreyadan uchirilgan raketalar AQSh yoki uning ittifoqdoshlariga xavf solsa, ularni urib tushirishga tayyor. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ularning yadroviy qurol va ballistik raketa yaratish bo‘yicha dasturlari biz uchun jiddiy xavf hisoblanadi", deb aytdi Karter. Pentagon rahbari "AQSh Shimoliy Koreya ballistik raketasini urib tushirishga tayyormi?" degan savolga "Agar u bizga xavf solsa, urib tushiramiz", deb javob bergan. 

Karter "Pentagon Shimoliy Koreya raketalarini sinovlar vaqtida ham urib tushirishi mumkinmi?" degan savolga "Biz ularni agar ular bizga xavf solsa, ular bizning hududga yoki ittifoqdoshlarimizning hududiga yo‘naltirilgan bo‘lsa urib tushirgan bo‘lardik", deb aytgan.

Top