10:35 / 09.01.2017
9973

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 4ta Dreamliner sotib oladi

Foto: Boeing.com

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi yana to‘rtta Boeing-787 Dreamliner samolyotiga buyurtma berdi. Bu haqda AQShning Boeing Co kompaniyasi ma'lum qilgan.

Boeing kompaniyasi 6 yanvar kuni 2017 yilda olgan buyurtmalari ma'lumotini e'lon qilgan.

Unga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi to‘rtta Boeing-787 samolyotiga buyurtma bergan. AQSh kompaniyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing-787 Dreamliner samolyotining aynan qaysi modeliga buyurtma bergani haqida aniq ma'lumot taqdim etmagan. Shuningdek, samolyotlar qiymati borasida ham hech narsa deyilmagan.

Top